29 iyu 08:11
Yangiliklar
Sergey Spivak bir yillik tanaffusdan keyin qaytmoqda. Uni yana bir jiddiy sinov kutmoqda
U 10 avgust kuni Las-Vegasda (AQSH) o'tkaziladigan UFC Fight Night turniri doirasida oktagonga qaytadi. O'sha kuni 29 yoshli Spivakka Polsha vakili Marchin Tibura raqiblik qiladi. Jang asosiy karddan o'rin olgan.
Musobaqaning markaziy jangi hozircha elon qilinmadi.
Eslatish joiz, Sergey Spivak o'zining so'nggi jangini 2023 yil 2 sentyabr kuni franciyalik Siril Ganga qarshi o'tkazib, muddatidan oldin mag'lub bo'lgan. Uning hisobida jami 16 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat bor. 38 yoshli Marchin Tibura esa oxirgi jangini joriy yilning 16 mart kunida Avstraliya vakili Tay Tuivasaga qarshi o'tkazgan va birinchi raundda nokaut orqali zafar quchgandi. Tibura faoliyati davomida 25 ta g'alaba va 8 ta mag'lubiyat qayd etgan.
Fikrlar