03 noy 18:57
Yangiliklar
Boks/MMA

Serik Konakbaev: "Men boksda qolaman"
Prezidentlik saylovi yakunlangach qozog'istonlik Serik Konakbaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Saylov yakunlandi. Ertaga nima bo'lishini, Xalqaro olimpiya qo'mitasi qanday qarorga kelishini bilmayman.
Qozog'iston boks derjavasi hisoblanadi va Olimpiya o'yinlarida doim medallar qo'lga kiritib kelgan. Men boksda qolaman.
Osiyo boksi? Biz qitada boks rivojlanishi yo'lida katta ishlarni amalga oshirdik.
Olimpiya o'yinlaridagi vaznlar haqida gapiradigan bo'lsam, bu Xalqaro olimpiya qo'mitasining talabi. Bir tomondan olib qaraganda boksga islohotlar kerak. Men ham boks qiziqarli bo'lishini istayman", - dedi Serik Konakbaev.
Kamoliddin Alimov, Moskva.
Surat: Marufjon Asqarov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar