07 may 16:25
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/217594_220.jpg)
Serrone Makgregor bilan jangda oktagonga chiqishni xohlamaganini aytdi
Amerikalik MMA ustasi Donald Serrone irlandiyadik jangchi Konor Makgregor bilan jang qilishni xohlamaganini takidladi.
Ular UFC 246 doirasida jang qilishgan. Jang Makgregorning ishonchli g'alabasi bilan yakunlangan, u raqibini dastlabki raunddayoq nokautga uchratgan.
"Makgregor bilan jang. Faoliyatimdagi eng katta jang, millionlab tomoshabinlar, mening imkonim! Men esa oktagonga chiqishni xohlamaganman. Aynan nega ekanligiga javob berolmayman. Bu g'alati tuyg'u edi.
Oktagonga chiqishni xohlamaganman. Makgregor bilan jang qilish imkoni paydo bo'lgandi va men undan foydalandim. Endi bu tuyg'u bilan yashashim kerak", - deya Serronening so'zlarini keltiradi BJ Penn.
Serronening navbatdagi raqibi Jo Lozon bo'ladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar