04 dek 17:01
Yangiliklar
Boks/MMA

Serrone Niko Praysga revansh berishga rozi. Birinchi jang natijasi giyohvand moddalar sabab bekor qilingandi
Yarimo'rta vazn toifasida UFC jangchisi Niko Prays marixuana testi sabab diskvalifikaciya qilingan va 8,5 ming dollar miqdorida jarimaga tortilgan edi.
Sentyabr oyida o'tkazilgan Donald Serrone va Niko Prays jangining natijasi amalga oshmagan deb qayd etildi.
"Meni qo'llagan hammaga rahmat! Iloji boricha tez qaytishga harakat qilaman. Meni mart yoki aprel oyida kuting", -dedi Niko Prays.
Sportchinining ushbu so'zlariga "kovboy" munosabat bildirdi.
"Men tayyorlanaman, sen qachon tayyor bo'lasan?!", - deydi Donald Serrone.
Havola :
Manba : bjpenn.com
Fikrlar