10 may 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

Serrone: "Umid qilamanki, UFC meni haydab yubormaydi"
UFC jangchisi Donald Serrone kecha Aleks Moronoga qarshi jangda texnik nokaut evaziga mag'lub bo'ldi.
Sportchi ushbu jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Bilaman, tugatishim lozimligi haqida gap-so'zlar ko'paygan. Ular hozir ketishim uchun eng yaxshi vaqt ekanligini aytishmoqda. Ammo men bu haqida o'ylaganim yo'q.
Men jangni ko'rib, nimalar ro'y berganini tushunishim lozim. Juda hunuk oqshom bo'ldi. Umid qilamanki, UFC meni haydab yubormaydi.
Menga ishim va bu jarayon yoqadi. Men bu safar yomon jang qildim, o'zimni oqlamoqchi emasman", - dedi Serrone.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar