03 iyu 08:11
Yangiliklar
"Kovboy" faoliyatini yakunlaganini elon qildi
Serrone UFC 276 turniri doirasida hamyurti Jim Millerga imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
"Rahmat, Las-Vegas. Farzandlarim so'nggi jangimda yonimda bo'lganliklaridan xursandman. Bu faoliyatimdagi eng uzoq davom etgan tayyorgarlik edi. Bu narsa ortiq menga yoqmaydi. Ketish fursati etdi. Ortda jahannamga tenglashuvchi faoliyat qolmoqda. Umid qilamanki, bir kun men ham SHon-SHuhrat zalidan joy olaman. Katta rahmat, UFC", — deya 39 yoshli Serrone ko'z yoshlari bilan oktagonda o'z qarorini elon qildi.
"Afsonaning faoliyatidagi so'nggi safari. Rahmat, Kovboy Serrone", – deya UFC promoushenining rasmiy Tvitter sahifasida jangchi manziliga tashakkur izhor qilindi.
Malumot uchun, Donald 2019 yilning may oyida El Yakvintani mag'lub etganidan so'ng oktagonda yana 7 ta jang o'tkazdi. Faqat Niko Prays bilan jang durang bilan yakunlangan, lekin u ham keyin bekor qilingandi. Qolgan barcha oltita jangda "Kovboy" mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Donaldni mag'lub etgan nomlarga etibor bering – Toni Fergyuson, Jastin Getji, Konora Makgregor, Entoni Pettis, Aleks Morono va bugun Jim Miller.
Donald "Kovboy" Serronening umumiy statistikasi — 36 g'alaba, 17 mag'lubiyat.
Fikrlar