31 avg 09:07
        Yangiliklar	
	
				
				    O'q otish, Tokio-2020			    
				 
				
			 
				Server Ibragimov medallar uchun bahsda ishtirok etadi
Para atletlarimizning Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlaridagi ishtiroki davom etmoqda. 
			Bundan biroz avval Server Ibragimov 10 metrga to'pponchadan o'q otish bo'yicha saralashda ishtirok etdi. Tajribali sportchimiz 6 ta urinishda jami 574 ochko to'plagan holda saralashda 4-o'rinni egalladi va final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, Server Ibragimov ishtirokidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 10:30 da boshlanadi.

            Havola            :         
                    Manba                : paralympic.uz
             
			
Fikrlar