10 iyu 20:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Serxio Ramos Makgregor tomonidan berilgan tekin UFC 264 chiptalarini rad etdi
PSJ himoyachisi Serxio Ramos Konor Makgregorning UFC 264ga kelish borasidagi taklifini rad etdi.
Bunga Ramosning yangi klub safiga endigina qo'shilganligi sabab bo'lgan.
"Biz Ramos uchun chiptalar olib qo'ygandik. U bugun menga yangi klub bilan shartnoma imzolaganini va ishlari juda ko'pligi uchun kela olmasligini yozib yubordi. Ramos bu sanada vaqtim bo'ladi deb o'ylagandi", - dedi Konor Makgregor.
Eslatib o'tamiz, avvalroq UFC 264 turniriga Donald Tramp va yana bir qancha yulduzlar kelishi malum qilingandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar