11 okt 10:14
Yangiliklar
Futbol
"Sevilya" klubi jamoaning yangi bosh murabbiy nomini elon qildi
Unga ko'ra, Diego Alonso Andalusiya jamoasini boshqaradigan bo'ldi.
48 yoshli urugvaylik mutaxassis bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzolangan.
Alonso JCH-2022da Urugvay milliy jamoasini boshqargan edi. Ungacha esa «Inter Mayami» klubini, shuningdek, Meksikaning «Monterrey» va «Pachuka», Paragvayning «Olimpiya» va «Guarani» klublarini boshqargan.
Sevilyaliklar 8 oktyabr kuni Xose Luis Mendilibarni istefoga chiqargandi. Klub so'nggi 11 o'yinida bor yo'g'i 2ta g'alabaga erishgan.
Havola :
Fikrlar