21 apr 10:36
Yangiliklar

Sexudo Volkanovskiga "vyzov" tashladi
"Men sen bilan yarimengil vaznda jang qilishga munosib emasman, deb aytma. Men shu erdaman, og'ayni, men olimpiya chempioniman.
Men olimpiya oltin medalini qo'lga kiritgan eng yosh jangchiga aylandim. Men faoliyatidagi eng yaxshi formasida ekanligida Demetrius Jonsonni mag'lub etdim. UFCdagi ikkala kamarimni ham himoya qildim. Kel, jang qilaylik. SHartnomaga lanati imzoingni qo'y. Hammasi oddiy va tushunarli.
Volkanovski engil vaznda jang qilishni xohlayotganini aytdi. Demak, sen bu vaznda o'zingni chempionlik jangiga tavsiya eta olmaysan.
Men ikkala kamarimni ham himoya qildim va shundan so'nggina nafaqaga chiqdim. SHunday ekan, Volkanovskining boshi uchun borishga tayyorman. Tarix yaratishga tayyorman", - dedi Sexudo.
Fikrlar