So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

25 iyu 07:25
Yangiliklar

Tadbirlar

SHaffoflik, ochiqlik, oshkoralik: Yurtimizdagi oliy sport talim muassasiga qabul qay tarzda tashkil etilmoqda?

Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport universitetining bu yilgi qabul jarayoniga bag'ishlangan katta yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov, Jismoniy tarbiya va sport universiteti o'quv ishlari bo'yicha prorektori Komiljon Yarashev, universitet professor-o'qituvchilari, sport federaciyalari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Malumki, bu yildan boshlab alohida iqtidor talab etadigan yo'nalishlarga, shu jumladan sport yo'nalishidagi oliy talim muassasalariga ham talabalar test sinovlarisiz qabul qilinadilar. Unga ko'ra, bu yil Jismoniy tarbiya va sport universitetiga hujjat topshirgan abiturientlar mazkur talim muassasasida mavjud 27 hil sport yo'nalishiga test sinovlarisiz, ijodiy imtixonlar asosida talabalik baxtiga muyassar bo'lishlari mumkin bo'ladi.

Jismoniy tarbiya va sport universiteti rektorining malum qilishicha, bu yil qabul uchun 5665 nafar abiturient hujjat topshirgan. Ularning 75 nafari imtiyozli qabul asosida, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tavsiyasiga binoan universitetda tahsil oladi.

SHaffoflikni taminlash maqsadida har bir sport turi bo'yicha ijodiy imtihonlarda sport federaciyalar vakillari ishtirok etadilar. Nohush holatlar, turli qing'irliklarga yo'l qo'yilgan taqdirda Milliy olimpiya qo'mitasida 24 soat davomida faoliyat olib borayotgan qaynoq liniya 205-5-205 telefon raqamlari ishlab turgani qayd etildi.

Imtihonlar qatiy tekshiruv asosida, olimpiya zaxiralari kollejlari, katta ko'rgazma zallarida tashkil etiladi. Buning uchun Davlat test markazi, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tayyorgarlik ko'rib qo'yilgan. Imtihon jarayonlarida har bir masul o'z ishiga sidqidildan yondoshishi lozimligi, qabulni halol va shaffof tarzda tashkil etish kerakligi yana bir marotaba eslatib o'tildi, tabir joiz bo'lsa talab qilindi.

25 iyul – 5 avgust kunlari o'tkaziladigan qabul imtihonlariga ommaviy axborot vositalari ham taklif qilindi. Uchrashuv davomida jurnalistlar shuningdek, o'zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga javob olishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing