So’nggi yangiliklar

13:26UFC 335: Оливейра — Лопез турнири учун расмий постер эълон қилинди + ФОТО 0 12:55Беҳруз Каримов иштирок этган ўйинда “Лугано” стадионида тарихий натижа қайд этилди 0 12:24Бектемирга "хўп" деган Мунгиа Зонга қарши ўтказган жанги ҳақида гапирди 0 11:43IV Ёзги Ёшлар Олимпиадасида дзюдо баҳслари старт олди 0 11:18Пратеснинг мураббийи Махачев Карлос билан жанг қилишдан нега воз кечганини тахмин қилди 0 10:47Мессининг голи ва узатмаси "Интер Майами"га ғалаба келтирди + ВИДЕО 0 10:06Эркин курашчиларимиз Жаҳон чемпионатини медалсиз якунлашди 0 09:35Богдан Гусковнинг навбатдаги рақиби, жанг санаси ва манзили маълум + ПОСТЕР 0 09:04Усик кейинги жанги бўйича қарор қабул қилди ва рақибини айтди 0 08:23"Тоттенхэм" "Реал" ва "Барселона"га Порронинг нархини эълон қилди 0 07:42MMA юлдузларининг Мойкано - Нолан жангига муносабати: "Жангни ҳакам ютиб берди" 0 07:01"Алекс учинчи чемпионлик камарини қўлга кирита олади" - UFC собиқ чемпиони 0 22:02Ян ММА тарихидаги уч буюк жангчини айтди 0 21:16"Башакшеҳир" йирик ҳисобда ғалабага эришди, Шомуродов ва Файзуллаевдан гол + ВИДЕО 0 20:04Усик хайрлашув жангида ким билан тўқнаш келмоқчи экани айтилди 0

27 dek 08:53
Yangiliklar

Dzyudo

SHahram Ahadov bilan yangi vazndagi ishtirok, eng qiyin bahs, “O'rgimchak odam” haqida suhbat

Teglar :  SHahram Ahadov
Ortda qolgan dzyudo bo'yicha O'zbekiston chempionatining qahramonlaridan biri SHahram Ahadov bo'ldi.

U -73 kg vazn toifasida debyut musobaqasida ishtirok etishiga qaramasdan Hikmatilloh To'raev, Murodjon Yo'ldoshev kabi kuchli sportchilarni mag'lub etishni uddaladi. 

– Yangi vazndagi ilk ishtirokingizdan ko'nglingiz to'ldimi?

– Albatta, to'ldi. Avval 10 kgdan ortiq vazn tashlab kurashar edim. Endi bunchalik qiynalib salomatligimga zarar etkazmasdan 73 kg toifasida ishtirok etmoqdaman. Mamlakat chempionligi oldimga qo'ygan maqsadlarim yo'lida dastlabki qadam bo'ldi. Yangi yilda katta musobaqalar kutib turibdi. Bunga yarasha oldinda ulkan rejalarim bor. Qolaversa, jarohatim sabab 1 yildan ortiq kurasha olmagan edim. Bu vaqtda men yanada kuchli bo'lib qaytdim.

– CHempionatdagi eng qiyin bahs qaysi bosqichda bo'ldi?

– Juda qiynalganim yarim finaldagi O'rol Sodiqov bilan o'tgan bellashuv bo'ldi. Boisi chorak finalda Hikmatilloh To'raevni qo'shimcha daqiqadagi qiyin bahsda mag'lub etganimdan so'ng qisqa vaqt ichida yana tatamiga chiqishga to'g'ri keldi va bu bahs taqdiri ham qo'shimcha daqiqada hal bo'ldi. Orada dam olishga deyarli imkon bo'lmagani uchun yarim finalda qiynaldim.

– Tatamiga chiqib kelishingizni “O'rgimchak odam” filmidagi bosh qahramonga qiyoslovchi suratlar chiqib ketdi. Bunga qanday fikrdasiz?

– Bu surat menga ham yoqdi. Istashsa, shunday chaqirishsin. Bundan xafa bo'lmayman.

– Yangi vazndagi chet ellik raqiblaringiz qanchalik o'rganilgan?

– Ular bilan -66 kgda ishtirok etganimda yig'inlar payti kurashib ko'rar edim. Kim qanday usullarni qo'llashini bilaman. Qolaversa, endi murabbiylarim bilan ularning bahslarini videolarda tahlil qilib, nazariy yo'nalishda ham ishlaymiz. G'alabani Alloh beradi. Biz miyani joyiga qo'yib, raqib kim bo'lishidan qatiy nazar bahsga ham ruhan, ham jismonan tayyorlanishimiz kerak.

– Siz asosan tik holatdagi kurashda yaxshi harakat qilasiz. Parter bo'yicha kim bilan ishlayapsiz yoki bu yo'nalishni yoqtirmaysizmi?

– To'g'ri, tik holatda kurashishni yaxshi ko'raman. Biroq imkoni bo'lsa, parterda ham ishlab turaman. Tik holatda kurashishda raqibni chiroyli usullarga tushirish, undagi shiddat menga ko'proq yoqadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing