22 apr 08:56
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/37388_220.jpg)
SHahram G'iyosov AQSHda ikkinchi jangini o'tkazdi
AQSHda faoliyatini davom ettirayotgan professional bokschimiz SHahram G'iyosov bundan bir necha daqiqa avval ikkinchi jangida ringga ko'tarildi.
Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni bo'lgan SHahram G'iyosov professional ringdagi ikkinchi jangini vengriyalik Gabor Gorbisga qarshi o'tkazdi. Olti raundga mo'ljallangan jangda hamyurtimiz raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.
Malumot uchun, Gabor bungacha prof ringda 34ta jang o'tkazgan va shularning 24tasida g'alaba qozongandi (14tasi nokaut). Bugungisi bilan hisoblaganda mag'lubiyatlari soni 10taga etdi. SHahram esa professional boksdagi debyutini 10 mart kuni nishonlagan va o'shanda raqibini bir necha soniya ichida nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar