13 mar 14:19
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov AQSHga jo'nab ketdi
SHahram G'iyosov okean ortiga yo'l oldi.
Super engil vazn toifasidagi prof bokschimiz SHahram G'iyosov (12-0, 9 KO)navbatdagi jangiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida AQSHga jo'nab ketdi. Bu haqda sportchi Instagram sahifasi orqali xabar bermoqda. G'iyosov bir necha kun avval saytimizga bergan intervyusida Kanelo - Bivol boks oqshomida ringga ko'tarilishi mumkinligi haqida malum qilgan edi.
Eslatib o'tamiz, «Wonderboy» so'nggi jangini Toshkentda argentinalik Kristian Koriaga (29-9-2, 13 KO) qarshi o'tkazib, ochkolar hisobida g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar