24 may 01:29
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosov faoliyatida ilk bor mag'lubiyatga uchradi
Misrda professional boks oqshomi tashkil etildi.
Ushbu jang oqshomi doirasida o'zbekistonlik professional bokschi SHahram G'iyosov ham ringga ko'tarildi.
Mazkur jang kechasida hamyurtimizga angliyalik Jek Ketteral raqib bo'ldi. Ushbu to'qnashuv yarim o'rta vazn toifasida WBA Regular kamari uchun tashkil etildi.
12 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi va unda afsuski SHahram ochkolar evaziga (109-118, 108-119, 111-116) imkoniyatni boy berdi. Jangning 1-raundida bokschimiz nokdaun holatiga ham tushib qoldi.
Bu bokschimiz uchun prof ringdagi ilk mag'lubiyat bo'ldi. SHahram bungacha o'tkazilgan 17 ta jangning barchasida g'alabaga erishgandi.
SHu tariqa, Jek Ketteral yarim o'rta vazn toifasida WBA Regular kamari sohibiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar