16 avg 06:11
Yangiliklar

SHahram G'iyosov ishtirokidagi jang muddatidan oldin yakunlandi
Ushbu jangda hamyurtimizga nikaragualik Uinston Kampos (31-7-6, 19 KO) raqiblik qildi.
10 raundga mo'ljallangan jang muddatidan oldin yakunlandi. Uchinchi raund so'nggida bokschimiz chap qo'lida o'zining kuchli zarbasi bilan raqibining qorin qismiga kuchli zarba yo'lladi va nokaut evaziga g'alaba qozondi.
SHu tariqa, SHahram o'zining WBA International kamarini himoya qildi.
Malumot uchun, G'iyosovning professional ringda o'tkazgan janglari soni 10 taga etdi. U janglarining barchasini g'alaba bilan yakunlagan. 8 ta jangda esa raqiblarini nokautga uchratgan.
Eslatib o'tamiz, SHahram avvaliga meksikalik Fransisko Roxoga qarshi jang qilishi lozim edi. Ammo Roxoda koronavirus aniqlangani uchun bokschimiz 28 yoshli Kamposga qarshi ringga ko'tarildi.
Fikrlar