22 may 12:46
Yangiliklar
SHahram G'iyosov Jek Ketterolni mag'lub etsa, kim bilan jang qilishi malum bo'ldi
"Barcha raqiblar SHahram G'iyosovdan o'zini olib qochdi. U Rolli Romero uchun majburiy davogar edi, hech kim SHahram bilan jang qilishni xohlamadi. Jek Ketterol esa har qanday chaqiriqni qabul qilishga doim tayyor. Bu jang WBA Regular chempionlik kamari uchun, lekin undan keyin sizda Rolli Romero bilan jang qilish imkoniyati paydo bo'ladi. SHunday ekan, bu har ikkala bokschi uchun ham katta jang. Menimcha, bu ularning faoliyatidagi eng katta bahs bo'ladi. Bu ajoyib uslublar to'qnashuvi. Bu shunday jangki, unda bor kuchni ko'rsatib, g'alabani qo'ldan boy bermaslik kerak. Biz o'z mijozlarimizni bir-biriga qarshi qo'yishni yoqtirmasakda, bu yarim o'rta vaznda juda yaxshi jang bo'ladi", deydi Xirn.
Bokschilar o'rtasidagi to'qnashuv shanba oqshomida Misrning Giza shahrida o'tkaziladi.
Fikrlar