14 avg 03:21
Yangiliklar

SHahram G'iyosov navbatdagi jangi oldidan nimalar dedi?
Bugun ushbu jang oqshomiga bag'ishlangan rasmiy matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda SHahram bir necha savollarga javob berib o'tdi.
"Biz albatta boshqa raqibga tayyorlangandik. Ammo bu muammo bo'lmaydi. Men uzoq vaqtdan beri Amerikadaman va jangga tayyorgarlik ko'rmoqdaman" - dedi SHahram G'iyosov.
- Raqibning 44 ta jang o'tkazganligi va tajribasi jangda unga qo'l keladimi?
- Agar bu bo'yicha oladigan bo'lsak men havaskor boksda Olimpiya o'yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida 400 ga yaqin jang o'tkazganman. Prof boksda ham ancha janglar o'tkazdim. Murabbiylarim professionallar va ular tajribali raqiblarga qarshi qanday jang qilish lozimligini o'rgatishdi. Men jangga tayyorman.
- G'alaba qozonsangiz shanba oqshomi uchun rejalar qanday?
- G'alabadan so'ng mazali ovqat egani boraman (kuladi).
Fikrlar