12 apr 16:46
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/36844_220.jpg)
SHahram G'iyosov navbatdagi jangini tajribali raqibga qarshi o'tkazadi
AQSHda faoliyatini davom ettirayotgan professional bokschimiz SHahram G'iyosov navbatdagi jangini 21 aprel kuni o'tkazishi haqida xabar qilgandik.
Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni SHahram G'iyosov professional ringdagi ikkinchi jangini vengriyalik Gabor Gorbisga qarshi o'tkazadi.
Malumot uchun, Gabor bungacha prof ringda 34ta jang o'tkazgan va shularning 24tasida g'alaba qozongan (14tasi nokaut). 10ta jangda esa mag'lubiyatga uchragan (4tasi nokaut). SHahram esa professional boksdagi debyutini 10 mart kuni nishonlagan va o'shanda raqibini bir necha soniya ichida nokautga uchratgandi.
21 aprel (Toshkentda 22 aprel tong) kuni hamyurtimiz ishtirokida bo'lib o'tadigan jangga Bruklindagi "Kings Theatre" arenasi mezbonlik qiladi.
Murodjon Ahmadaliev amerikalik bokschiga qarshi jang qiladi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar