13 avg 11:22
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov nima uchun raqibi o'zgarganligini malum qildi
Xabar berib o'tganimizdek, SHahram G'iyosov 16 avgust kuni ringga ko'tariladi.
Endi u avval xabar qilinganidek meksikalik Fransisko Roxoga qarshi emas, nikaragualik Uinston Kamposga qarshi ringga ko'tariladi.
Bokschimizning malum qilishicha, Roxodan koronavirus chiqqani uchun raqib o'zgargan.
"Do'stlar, raqibimdan koronavirus chiqqani sababli "Matchroom" hamda DAZN telekanali boshqa raqib topdi. Yangi raqibim Uinston Campos juda ham yaxshi texnikaga ega bo'lgan va bir qancha jahon chempionlari bilan jang qilgan kuchli sportchi. Nasib qilsa, duo qilib tursangizlar albatta g'alaba qozonishga bor kuchimni beraman. Yakshanba kuni ertalab soat 5:00 da jonli efirni "Sport" kanalida o'tkazib yubormang", - deb yozib qoldirgan SHahram Instagramdagi sahifasida.
Havola :
Manba : instagram.com/shakhram__giyasov
Fikrlar
Miochichga va Shon omalleyga omad
Shoxjaxondan 1raundni ozida chiroyli nakaut kutamiz