16 avg 06:39
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov nokautli g'alabadan so'ng nimalar dedi?
SHahram G'iyosov Uinston Kamposga qarshi jangdagi g'alabasidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Uning jigariga berilgan zarba qay darajada kuchliligini o'zimda his qildim. Aynan o'shanda uning qaytib turmasligini tushundim.
Vatanim va yaqinlarimdan uzoqda albatta qiyin bo'ldi. Bu erda shunchaki shug'ullanib yurganim yo'q, men kamarlarni qo'lga kiritmoqchiman. Kimlardadir turgan kamarlarimni olish uchun, bosqichma-bosqich harakat qilyapman.
Agar menejer va promouterim aytishsa, men ertagayoq chempionlik jangida ishtirok etishga tayyorman. Imkoniyatimni kutmoqdaman va bunga tayyorman", - dedi SHahram G'iyosov jangdan so'ng bergan intervyusida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar