31 mar 14:28
Yangiliklar
Boks/MMA
SHahram G'iyosov Usik bilan bir kardda chempionlik jangini o'tkazadi - manba
Xorijiy ommaviy axborot vositalari o'zbekistonlik professional bokschi SHahram G'iyosovning navbatdagi jangi bo'yicha malumot berdi.
Unga ko'ra, yarim o'rta vazn toifasida faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz 23 may kuni Misrning Giza shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida ringga ko'tariladi.
G'iyosovga o'sha kuni britaniyalik 32 yoshli tajribali Jek Ketteroll raqiblik qiladi. Bellashuv WBA Regular chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Boks oqshomining asosiy jangi ukrainalik super og'ir vazn chempioni Aleksandr Usik va Riko Verxuven o'rtasida kechadi.
Malumot uchun, 32 yashar SHahram G'iyosov prof boksda hozirga qadar 17 ta jang o'tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Ketteroll hisobida esa 32 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat mavjud.

Havola :
Manba : instagram.com/moboxingnoproblem
Fikrlar