23 mar 13:19
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov va Elnur Abduraimov Kanelo - Bivol kardida jang qiladi
Ikki nafar charm qo'lqop ustamiz Kanelo - Bivol oqshomida jang qiladi.
Saytimiz orqali superengil vazn toifasidagi professional bokschimiz SHahram G'iyosov navbatdagi jangini Kanelo - Bivol oqshomida o'tkazishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Bugungi malumotlarga ko'ra, superyarim engil vazn toifasidagi charm qo'lqop ustamiz Elnur Abduraimov ham mazkur kardda ringga chiqadi. Hozircha bokschilarimizning raqiblari malum emas.
Eslatib o'tamiz, Kanelo - Bivol to'qnashuvi 7 may kuni Las -Vagasdagi T-Mobile arenada bo'lib o'tadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar