09 avg 11:18
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov va Isroil Madrimov jang o'tkaziladigan shaharga etib borishdi
Malumki, 16 avgust kuni AQSHning Oklaxoma shtati, Talza shahrida boks oqshomi tashkil etiladi.
Ushbu jang oqshomida ikki nafar o'zbek bokschisi - SHahram G'iyosov va Isroil Madrimov navbatdagi jangini o'tkazadi.
Biroz avval har ikki bokschimiz ham jang tashkil etiladigan Talza shahriga etib borishdi. Endi jangga tayyorgarlikning so'nggi bosqichi aynan shu erda tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, o'sha kuni Isroil Madrimov amerikalik Erik Uolkerga qarshi ringga ko'tarilsa, SHahram G'iyosov meksikalik Fransisko Roxoga qarshi jang qiladi.
Jang O'zbekistonda ham jonli efirda namoyish etiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar