16 mar 13:25
Yangiliklar
Boks/MMA

SHahram G'iyosov va Murodjon Ahmadaliev ikkinchi jangini qachon o'tkazishi aniq bo'ldi
Xabaringiz bor, 10 mart kuni biryo'la ikki nafar bokschimiz o'zining professional ringdagi debyut jangini o'tkazgandi.
SHahram G'iyosov va Murodjon Ahmadalievlarning har ikkisi ham o'zlarining ilk jangida raqibni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Kuni kecha bokschilarimizning ikkinchi jangni qachon o'tkazishi malum bo'ldi.
Unga ko'ra, SHahram G'iyosov va Murodjon Ahmadalievlar 21 aprel kuni "New York Kings Theatre"da o'tkaziladigan jang oqshomida ringga ko'tariladilar. Hozircha, ushbu janda ularga kim raqib bo'lishi nomalum.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar