19 noy 14:04
Yangiliklar

SHahram, Murodjon va Isroil ishtirokidagi boks oqshomi to'g'ridan-to'g'ri namoyish etiladi
Ushbu boks oqshomining biz uchun ahamiyatli tomoni shundaki, unda uch nafar professional bokschimiz ringga ko'tariladi. Ulardan Isroil Madrimov prof ringdagi debyut jangini o'tkazadi.
23 yoshli hamyurtimizning raqibi meksikalik Vladimir Ernandes (10-2, 6KO) bo'ladi. Ernandes 12ta jang o'tkazib, shularning 10tasida g'alaba qozongan. Oltita jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Ikki bor o'zi mag'lub bo'lgan. Madrimov - Ernandes jangi 10 raunddan iborat bo'ladi.
Havaskor boksda jahon chempioni SHahram G'iyosovga shu kuni meksikalik charm qo'lqop ustasi Migel Zamudio raqiblik qiladi. SHahram 5 ta jang o'tkazgan va ularning barchasida g'alaba qozongan. To'rtta bahsni u muddatidan oldin yakunlay olgan. 27 yoshli Zamudio esa professional boksda 53ta jang o'tkazishga ulgurgan. Janglarning 41 tasida g'alaba qozongan (25 tasi nokaut evaziga).
Olimpiya o'yinlari va jahon chempionati sovrindori Murodjon Ahmadaliev esa Isaak Zaratega qarshi jang o'tkazadi. Ahmadaliev 10 raundga mo'ljallangan jangda WBA Inter-Continental Super Bantamweight Title chempionlik kamarini himoya qiladi.
Oqshomning markaziy janglaridan birida yarim og'ir vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni rossiyalik Dmitriy Bivol sobiq jahon chempioni franciyalik Jan Paskalga qarshi ringga ko'tariladi.
Ushbu boks oqshomi Rossiyaning Match TV telekanali orqali to'g'ridan-to'g'ri translyaciya qilinadi. Hamyutlarimiz Rossiyaning "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolashgandi.
Fikrlar