08 avg 11:48
Yangiliklar

SHahram va Isroil mashg'ulotlarni yakunladi, ular endi jang manziliga yo'l olishadi (FOTO)
Talza shahrida tashkil etiladigan jang oqshomida Isroil Madrimov amerikalik Erik Uolkerga qarshi, SHahram G'iyosov esa meksikalik Fransisko Roxoga qarshi ringga ko'tariladi.
Bokschilarimiz endi o'zlari yashayotgan Kaliforniya shtatidan jang o'tkaziladigan Oklaxomaga yo'l olishadi.
Bu haqida SHahram G'iyosov malum qildi.
"Xudoga shukr, tayyorgarliklarni tugatdik. Bugun oxirgi 10 raundlik sparring edi. Ertaga nasib bo'lsa yo'lga chiqamiz. Jangacha roppa-rosa bir xafta vaqt qoldi. Duo qilib tursangzlar, InshaAllax albatta g'alaba qozonib, bayrog'imizni baland ko'tarib kelamiz. Barchaga o'z minnatdorchiligimni bildiraman, hamma smslaringizni o'qiyapman. Javob berishga ulgurmasam uzr, endi buyog'i jangga ruxiy tayyorgarlik", - deb yozib qoldirgan SHahram Instagramdagi sahifasida.
Fikrlar