So’nggi yangiliklar

15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0

28 iyu 09:11
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

SHahrullo Mahmudov Osiyo o'yinlariga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishmoqda

23 sentyabr - 8 oktyabr kunlari Xitoyning Xanchjou shahrida o'tkaziladigan XIX yozgi Osiyo o'yinlari “to'rt yillik kichik olimpiada” tarixidagi eng ko'p ishtirokchini jamlaydigan musobaqa sifatida tarixdan joy oladi.

Xanchjou-2022 o'yinlari 12 ming nafar sportchini jamlashi kutilmoqda. O'zbekiston sport delegaciyasi 33 ta sport turida 400 nafardan ziyod sportchi bilan qatnashishi rejalashtirilgan. Ayni kunlarda ushbu tarixiy Osiyo o'yinlari oldidan Xitoyda bir qator tadbirlar o'tkazilmoqda.

SHu kunlarda qita sportining bir guruh mutasaddilari qatori O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari, Osiyo og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti SHahrullo Mahmudov og'ir atletika musobaqalarini o'tkazish texnik komissiyasi vakili sifatida o'yinlarga ko'rilayotgan tayyorgarlik jarayonlarini ko'zdan kechirmoqda.

Tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishuv asnosida SHahrullo Mahmudovga Osiyo og'ir atletika federaciyasi ijroiy qo'mitasi azolari, Xanchjou-2022 o'yinlarini o'tkazish tashkiliy qo'mitasi vakillari hamrohlik qilmoqda.

Safar davomida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri o'rinbosari, Osiyo og'ir atletika federaciyasi vice-prezidenti SHahrullo Mahmudov Xanchjou-2022 o'yinlarining og'ir atletika musobaqalari o'tadigan sport inshooti va unda sportchilar, texnik delegatlar, hakamlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Og'ir atletika musobaqalarini o'tkazish tashkiliy qo'mitasi azolari texnik komissiya vakillariga tayyorgarlik holatlari haqida so'zlab berdi.

O'z navbatida, texnik komissiya azolari, xususan SH. Mahmudov mutaxassislarga og'ir atletika musobaqalarini tashkil etishda yuzaga keladigan texnik-taktik holatlar, musobaqalarni o'tkazish uchun faoliyat ko'rsatadigan har bir bo'lim, hakamlar korpusi, yordamchi volontyorlar ish samaradorligini taminlash borasida kerakli maslahatlarni berib o'tdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing