30 mar 14:49
Yangiliklar

SHara Bullet Drikus Dyu Plessini "tasodifiy chempion" deb hisoblaydi
"Agar Dyu Plessi chempionlik kamarini yo'qotsa men juda xursand bo'laman. CHunki uning bu darajaga qanday etib kelganini tushunmayman. Har safar u jang qilganida, raqibi yutsa kerak deb o'ylardim. Ammo u nimadir qilib g'alaba qozonardi. Bu meni hayron qoldiradi. CHimaevda Drikusni mag'lub etish uchun barcha imkoniyatlar bor. Umid qilamanki, hech narsa uning eng yaxshi holatida jang qilishga xalaqit bermaydi.
Bu gaplarim ahmoqona eshitilishi mumkin, lekin Dyu Plessi qandaydir omadli jangchi. Ha, u har doim oxirigacha jang qiladi, jismoniy jihatdan baquvvat va irodasi kuchli. U hech qachon to'xtamaydi va biron narsa qilib, yutqazmaslikka harakat qiladi. U besh raundlik janglarda ham shu usuldan foydalanadi – raqiblari charchaydi, u esa shu narsadan foydalanadi", – dedi SHara Bullet.
Fikrlar