13 may 08:36
Yangiliklar
Boks/MMA
SHara Bullet Mahmud Muradov to'qnash kelishi kerak bo'lgan jangchiga "vyzov" tashladi
Rossiyalik UFC jangchisi SHarabutdin Magomedov Braziliya vakili Mishel Pereyrani jangga chorladi.
"Jin ursin seni akrobat, seni deb men o'z raqibimni (Igor Poterya nazarda tutilyapti) yo'qotdim. Salto qila olishingni hamma biladi, ammo UFC bu cirk emas. Sen taqiqlangan harakatlarni amalga oshirding, bu ishing uchun seni jazolash kerak. UFC — bu masxarabozni bir yoqli qilishga imkon ber! Uni 22 iyun kuni Saudiya Arabistoniga olib kelinglar. Men tezda unga dars o'tib beraman", dedi SHara Bullet.
Eslatib o'tamiz, Mishel Pereyra 5 may kuni aslida Igor Poterya emas, hamyurtimiz Mahmud Muradov bilan jang qilishi kerak edi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar