10 fev 14:34
Yangiliklar
SHarofiddin Boltaboev Parij "Katta Dubulg'a" shoxsupasiga ko'tarildi
Parij shahri mezbonlik qilgan nufuzli musobaqada dunyoning 115 davlatidan eng sara dzyudochilar ishtirok etdi. Ular qatorida 14 nafar dzyudochimiz yurtimiz sharafini himoya qildi. Birinchi kungi bahslarda Hikmatulloh To'raev (-73 kg) bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, kecha -81 kg vazn toifasidagi vakilimiz SHarofiddin Boltaboev kumush medal sohibiga aylandi.
SHarofiddin hal qiluvchi final uchrashuvida belgiyalik Mattias Kessega qarshi tatamiga chiqdi. Bellashuv taqdirini hakam tomonidan berilgan uchta shido, yani ogohlantirish hal qildi. Boltaboev 700, To'raev 500 reyting ochkosini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, SHarofiddin chorak finalda amaldagi jahon chempioni, reyting peshqadami isroillik Sagi Mukini sof ippon bahosi bilan mag'lubiyatga uchratgan, yarim final bellashuvida esa yaponiyalik Sotaro Fijivaradan ustun keldi.
1. Mattias Kesse (Belgiya)
2. SHarofiddin BOLTABOEV (O'zbekiston)
3. Antuan Valois-Forter (Kanada)
3. Sotaro Fujivara (Yaponiya)
Fikrlar