So’nggi yangiliklar

14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0 11:03Тўртта вазнда UFC рейтинги янгиланди 0 10:32Лос-Анжелес-2028: енгил атлетика бўйича саралаш тартиби ва меъёрлари тасдиқланди 0 10:22Ёшлар Олимпиадасидаги медалларимиз сони яна биттага кўпайди 0 10:01"Арсенал" "Реал"га Субимендининг нархини эълон қилди 0 09:30Юнон-рум кураши. Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни 5 та вазнда ғолиблар аниқланди 0 08:59Икки боксчимиз Ёшлар Олимпиадаси медалини нақд қилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:28Волков расм орқали UFC чемпионлиги учун жанг сўради + ФОТО 0 08:03"Манчестер Юнайтед" Почеттинонинг вакиллари билан музокаралар ўтказди 0 07:32Total Chess. Абдусатторовдан "даҳшатли" старт. У фақат Бибисарани хафа қила олди холос 0

01 fev 21:30
Yangiliklar

Boks/MMA

SHavkat Mirziyoev Murodjon Ahmadalievni tabrikladi

Professional boks bo'yicha jahon chempioni Murodjon Ahmadalievga

Qadrli farzandim Murodjon,

Avvalo, Seni, barcha ustoz va murabbiylaringni, butun xalqimizni boks bo'yicha erishgan tarixiy g'alabang bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

AQSHning Mayami shahrida ikki yo'nalishdagi professional boks bo'yicha amaldagi jahon chempioniga qarshi o'tkazgan g'oyat shiddatli va qiziqarli jangingni o'zbekistonliklar katta hayajon va qiziqish bilan kuzatdi.

Millionlab tengdoshlaringga ibrat namunasini ko'rsatib, yuksak mardlik va matonat bilan professional boksning ikkita eng nufuzli (WBA Super va IBF) yo'nalishlarida shunday buyuk g'alabani qo'lga kiritganing, jahon boksidagi uzoq yillik rekordni yangilaganing har qanday tahsin va tasannolarga munosibdir.

El-yurtimizning ishonchini oqlab, mustaqil O'zbekiston sporti tarixida mutlaqo yangi va yorqin sahifa ochgan ushbu olamshumul zafar sohibi bo'lgan Sen kabi jasur va vatanparvar o'g'lonlarimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz va chin yurakdan olqishlaymiz.

Murodjon o'g'lim, Sen ringda o'zbek yigitlarining jismoniy, ruhiy va manaviy jihatdan barkamolligini, hech qachon kuragi erga tegmagan buyuk ajdodlarning munosib vorisi ekanligini, O'zbekiston tom manoda boks mamlakatiga aylanib borayotganini yana bir bor isbotlading. 

Fursatdan foydalanib, jonajon Vatanimizning bayrog'i va shon-shuhratini xalqaro maydonlarda yanada yuksaltirish yo'lidagi sharafli faoliyatingda ulkan omadlar, oilaviy baxt-saodat va yangi yutuqlar tilab qolaman.

Hurmat bilan,

SHavkat Mirziyoev,

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti

 

Toshkent shahri

2020 yil 1 fevral

Reyting: +1   

Fikrlar

+1   
01 fev 22:06:26
Nozimjon Umatillayev
Malades mujik. Rahmat prezidenttimizga. Biz namanganliklar uchun ham juda katta faxr bu.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing