So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

13 avg 15:42
Yangiliklar

Boshqalar, Tokio-2020

SHavkat Mirziyoev Oksana CHusovitina haqida gapirdi, unga faxriy unvon topshirildi

Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Tokio Olimpiadasida qatnashgan sportchilarimiz bilan uchrashdi.

Prezident SHavkat Mirziyoev ko'p yillar davomida sport gimnastikasi bilan shug'ullanib, xalqaro miqyosda shuhrat qozongan ajoyib sportchimiz – Oksana CHusovitinaning xizmatlarini alohida hurmat bilan tilga oldi. 

CHusovitinaning ilk Olimpiadasi 1992 yilda Barselona shahrida o'tgan. O'shandan buyon u Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish huquqini uzluksiz va ketma-ket sakkiz marta qo'lga kiritdi. Bu jahon sportida haqiqatdan betakror holat bo'lib, Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.

Oksana Aleksandrovnaning navbatdagi ishtiroki Tokio Olimpiadasining muhim voqeasi sifatida etirof etildi. Dunyo hamjamiyati Oksananing chiqishini katta zavq va hayajon bilan kuzatar ekan, CHusovitinaning matonatiga, o'z ishiga bo'lgan sadoqatiga tan berdi, dedi davlatimiz rahbari.

"Hayotini sportga, bunday yirik musobaqada muvaffaqiyatga erishishdek maqsadga bag'ishlash uchun zo'r iroda va fidoyilik kerak, desak ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz. 

Bunday afsonaviy sportchimiz bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Uning mardligi, g'alabaga bo'lgan qatiy intilishi yosh sportchilarimiz uchun muvaffaqiyat va shuhrat qozonishning o'ziga xos ibrat maktabi bo'lib xizmat qilmoqda", - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari ulkan xizmatlari uchun Oksana CHusovitinaga “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni berilganini malum qildi.

Prezidentimiz Oksana CHusovitina murabbiylik faoliyatini muvaffaqiyatli olib borib, sport gimnastikasi bo'yicha yangi chempionlarni tarbiyalashga munosib hissa qo'shishiga umid bildirdi.

SHu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasiga Oksana CHusovitina va Bahodir Jalolovning sport mahorati maktabini tashkil etish va ularning faoliyati uchun barcha zarur sharoitlar yaratishga topshiriq berildi.

"Hurmatli Oksana Aleksandrovna, Vatanimizga bo'lgan mehringiz va sadoqatingiz, sportdagi fidoyiligingiz, bukilmas iroda va matonatingiz uchun sizga yana bir bor katta minnatdorchilik bildiraman", - dedi Prezidentimiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

   
13 avg 20:41:17
A
Yaxw xabar bubti Oksana opa xaqli bu unvonga
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing