So’nggi yangiliklar

11:10Бокс. IBA Президенти кубогида 12 нафар боксчи билан иштирок этамиз 0 10:28Халқаро велоспорт федерацияси президенти Давид Лаппартьян Тошкентга келди 0 09:50Хамзат Чимаев: «Уларнинг барчасини синдирмагунимча кетмайман» 0 09:05Суперлига. Бугун 29-турга старт берилади 0 08:34Дёрн UFC 338 турнирида чемпионлик камарини ҳимоя қилади 0 08:03Жавоҳир Синдаров: "Баъзи нарсалар устида ишлашим керак" 0 07:32Қозоғистон спортни молиялаштириш қоидаларини ўзгартиряпти: спортчи ва мураббийлар учун нималар ўзгаради? 0 07:01Sofascore. Ўзбекистон U17 терма жамоаси аъзолари кечаги ҳаракатлари учун неча баҳо олди? 0 19:03"Кўчадаги жангда қоидалар бўлмайди". Бразилиялик спортчи Нурмагомедовни қўллаб-қувватлади 0 18:29Диёра Келдиёрова азалий рақиби — Ута Абе билан Японияда тўқнаш келиши мумкин! 0 17:44Рамазон Темировдан мағлуб бўлган Чарльз Жонсон ҳамюртимизни яна танқид қилди 0 17:08МЮ Саудия Арабистони чемпионатидан футболчи сотиб олмоқчи 0 16:30Гандбол. Осиё чемпионатида Қозоғистонга мағлуб бўлдик 0 15:45Даниэль Дюбуа WBO титулини кимдан ҳимоя қилиши маълум бўлди 0 15:02Нодирбек Абдусатторов Лондон турнирини ғалаба билан бошлади 0

13 avg 16:31
Yangiliklar

Boshqalar, Tokio-2020

SHavkat Mirziyoev: "Parij Olimpiadasida 100 tadan ortiq licenziya va etakchi 15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun hamma imkoniyatlarimiz bor"

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Prezident SHavkat Mirziyoev navbatdagi Olimpiada o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish doirasida ko'rilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar to'g'risida:

"Parijda bo'lib o'tadigan navbatdagi yozgi Olimpiadaga 100 dan ziyod licenziyani qo'lga kiritish va medallar bo'yicha etakchi 15 ta mamlakat qatoridan joy olish uchun hamma imkoniyatlarimiz bor.

Har bir hudud kesimida Olimpiada o'yinlariga hozirlik ko'rish dasturlarini ishlab chiqib, uni tizimli tashkil etish kerak.

Sport talim muassasalarida Paralimpiya bo'limlarini tashkil etib, ularga 10 foiz qo'shimcha kvotalar ajratish yaxshi natija berishi mumkin. 

Sportchilarni o'qitishda ota-onalar tomonidan pul to'lash tartibini bekor qilish zarur. SHuningdek, bitiruvchilarni oliy talim muassasalariga jismoniy tarbiya va sport yo'nalishlari bo'yicha davlat granti asosida to'g'ridan-to'g'ri ikkinchi bosqichga, imtihon sinovlarisiz qabul qilish tizimini ham joriy etishimiz kerak.

SHu o'rinda katta xarajatlar evaziga xorijdan sportchilarni (legioner) olib kelish tajribasi unchalik ham o'zini oqlamayotganini ochiq aytishimiz kerak. 

Bunday amaliyotdan voz kechib, mahalliy sportchilarimizni tarbiyalashga jiddiy etibor qaratadigan payt keldi. 

Xorijdan legionerlar emas, etuk mutaxassislarni hamda sportchilarni tayyorlash metodikasini olib kelish kerak".

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing