So’nggi yangiliklar

13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0 08:12АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Ливерпул"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 07:30Бенавидес Усик билан жанг қилиш учун супероғир вазнга кўтарилишга тайёр 0 19:19Наоя Иноуэ кейинги рақибининг номини эълон қилди 0 18:48Дана Уайт Шон Стрикленднинг боксда ўзини синаб кўриш истагига муносабат билдирди 0

13 avg 16:10
Yangiliklar

Boshqalar, Tokio-2020

SHavkat Mirziyoev sportdagi korrupciya haqida gapirdi

Teglar :  SHavkat Mirziyoev
Prezident milliy chempionatlar saviyasi va sportchilarni tayyorlash tizimini yaxshilash vazifasini qo'ydi:

"Sport turlari bo'yicha o'tkazilayotgan mamlakat chempionatlarining saviyasi tushib ketgan. Eng achinarlisi, bu sohada korrupciya holatlari ko'zga tashlanmoqda.

Masalan, sport musobaqalarining hududiy bosqichlari o'tkazilmasdan, faqatgina malum bir toifadagi sportchilarni respublika bosqichiga olib kelish odatiy holga aylangan. SHu bois chempionatlarimizda kuchli sportchilar juda kam, raqobat deyarli yo'q. 

Sport yo'nalishidagi vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun sohada birinchi navbatda davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish talab etiladi.

A.Aripov bir oy muddatda Turizm va sport vazirligining tuzilmasini qayta ko'rib chiqish hamda jamoaviy sport musobaqalarini o'tkazishni takomillashtirish yuzasidan tegishli qaror loyihasini kiritsin.

Olimpiya zaxirasidagi sportchilarning jismoniy, tibbiy va psixologik holati hamda farmakologik taminotini yaxshilash, bunda ilg'or xorijiy tajriba bilan birga, ilmiy yondashuv va xalq tabobatini qo'llash muhim hisoblanadi.

Sportchilarning jismoniy va ruhiy tiklanishiga yordam beradigan, ularning salomatligi va jismoniy qobiliyatiga ijobiy tasir etadigan mahalliy oziq-ovqatlar ro'yxati hamda optimal ovqatlanish racionlarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish lozim.

Olimpiya terma jamoalari sportchilarining ruhiy tayyorgarligiga alohida etibor qaratish juda muhim.

CHunki sportchining ruhiy tayyorgarligi, o'ziga ishonchi qanchalik kuchli bo'lsa, albatta, natija ham shuncha yaxshi bo'ladi.

SHu maqsadda Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida sport psixologiyasi va dietologiyasi bo'limlarini tashkil etish lozim".

Reyting: +2   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing