09 fev 12:35
Yangiliklar
Boks/MMA

SHavkat Rahmonov CHimaev bilan jang haqida gapirdi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC jangchisi SHavkat Rahmonov divizionda mag'lub bo'lmagan yana bir jangchi Xamzat CHimaevga qarshi ehtimoliy jang haqidagi savolga javob berdi.
Qozog'istonlik sportchi jangga qiziqish bildirar ekan, ayni damda unga qarshi chiqishni o'rinsiz deb hisoblagan.
"Agar reytingimiz teng bo'lsa va ular bizni jangga qo'yishsa, albatta, muammosiz jang qilamiz. Agar u bu jangda g'alaba qozonsa, chempion bilan jang qilishi mumkin. Nega endi shunchaki havoga "vyzov" qilishimiz kerak? Men unga etib olaman, keyin jang qilamiz", — dedi SHavkat.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar