11 fev 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

SHavkat Rahmonov: "Rossiyada jangchilar dopingga qarshi tekshirilmaydi, ular xohlaganini qila oladi"
Qozog'istonlik UFC jangchisi SHavkat Rahmonov o'rta vaznda Eagle FC chempioni Faridun Odilov va Aleksandr SHlemenko jangidan nimalarni kutayotganini aytdi.
"Odilov yosh va jangga tashna, SHlemenkoni esa allaqachon yoshi o'tgan. Odilov kurash tusha oladi, boks tusha oladi, SHlemenko esa "stoyka"da ishlay oladi, u kurashchi emas. Odilovning kurashishi super darajada bo'lmasada yaxshi, u jismonan baquvvat.
Avvalroq, unda funkcionallik bilan bog'liq muammolar paydo bo'lgan edi, hozir qanday bilmayman. Rossiyada jangchilar dopingga qarshi tekshirilmaydi, ular hamma narsa qila oladi. Ularning mushaklari qanday ekanligini ko'ramiz, ular qaerdan paydo bo'lgani esa tushunarsiz. Men ko'p yillar davomida mashq qildim, menda mushaklar yo'q, chunki men hech narsadan foydalanmadim", — dedi Rahmonov.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar