17 iyu 15:41
Yangiliklar

SHavkat Rahmonov UFC 304 turniriga boradi(mi) + FOTO
Mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan qozog'istonlik SHavkat Rahmonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga yangi surat joyladi.
Rahmonov Londonning tashrif qog'ozlaridan biri hisoblangan Vestminster saroyi hududidagi Big-Ben soati yonida tushgan suratini Instagram sahifasiga qo'ygan. Bu bilan u 28 iyul kuni Angliyaning Manchester shahrida o'tkaziladigan UFC 304 turniriga borishi mumkinligiga shama qilgan.
"Londonga. Iyul oyida Manchesterga borishim qanchalik to'g'ri bo'ladi?", — deya surat ostida izoh ham qoldirgan Rahmonov.
Eslatib o'tamiz, UFC 304 turnirining markaziy jangida yarimo'rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni, britaniyalik Leon Edvards kelib chiqishi falastinlik bo'lgan Belal Muhammad bilan to'qnash keladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar