21 okt 08:15
Yangiliklar
SHaxmat Yulduzlari. Oltita partiyaning barchasida durang qayd etildi
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag'ishlab o'tkazilayotgan ushbu super turnirda dunyo tan olgan to'rt nafar grossmeyster – ozarbayjonlik SHaxriyar Mamadiyarov, isroillik Boris Gelfand, ukrainalik Ruslan Ponomarev hamda 17-jahon chempioni hamyurtimiz Rustam Qosimjonov ishtirok etyapti.
Etiborga molik jihati shundaki, kecha o'tkazilgan uchinchi turning barcha 6ta partiyasi durang natija bilan yakunlandi. Hech bir grossmeysterga g'alaba qozonish nasib qilmadi.
Hamyurtimiz 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonov avvaliga Ruslan Ponomarev, keyin peshqadam SHaxriyar Mamadiyarov, so'nggi partiyada Boris Gelfand bilan murosaga keldi. Bugungi so'nggi uchrashuvlar oldidan Qosimjonov 4 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.
UCHINCHI DAVRA NATIJALARI:
Ponomarev - Qosimjonov 1/2 - 1/2
Gelfand - Mamadiyarov 1/2 - 1/2
Gelfand - Ponomarev 1/2 - 1/2
Mamadiyarov - Qosimjonov 1/2 - 1/2
Ponomarev - Mamadiyarov 1/2 - 1/2
Qosimjonov - Gelfand 1/2 - 1/2
TURNIR JADVALIDAGI HOLAT:
SHaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon) - 6 ochko
Boris Gelfand (Isroil) - 4,5 ochko
RUSTAM QOSIMJONOV (O'zbekiston) - 4 ochko
Ruslan Ponomarev (Ukraina) - 3,5 ochko
Fikrlar