So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

29 apr 15:00
Yangiliklar

Tadbirlar

SHayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabax Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi

Xabaringiz bor, kecha Osiyo Olimpiya Kengashi Prezidenti SHayh Ahmad Al-Fahad Al-Sabax yurtimizga tashrif buyurgandi.

Mehmon tashrifining birinchi kunida O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi rahbari Umid Ahmadjonov hamda Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilovlar bilan uchrashuv o'tkazgandi.

Bugun martabali mehmon O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. U erda martabali mehmon Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Akbarovna Karimova bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri SHoakrom Isroilov hamda Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanovlar ham ishtirok etishdi. Suhbat davomida tomonlar marhum Prezidentga oid xotiralarni yodga olishdi.
"Islom Abdug'anievichga hurmatim baland edi. Biz bilan uchrashishga rozi bo'lganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Hamdardligimni qabul qilgaysiz. Sizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman.

Men O'zbekistonni juda yaxshi ko'raman. Islom Karimov sportga katta etibor qaratar edi. Bugunga kelib, u kishining shogirdi, izdoshi SHavkat Mirziyoev mamlakatda jismoniy tarbiya va  sportni rivojlantirish, Olimpiya harakatini yangi bosqichga olib chiqish yo'lida juda katta islohotlarni amalga oshirmoqda va bu tahsinga sazovor. Ishonchim komilki bu qilinayotgan sayi harakatlar yaqin kelajakda o'z mevasini beradi", - dedi Al-Sabax.

O'z navbatida Tatyana Karimova o'zbek sporti rivojida Al-Sabaxning ham o'rni borligi haqida gapirib o'tdi.
"Mamlakatimiz sporti muvaffaqiyatlarida sizning ham hissangiz katta. SHuningdek, Osiyo qitasida ham sport taraqqiyoti va rivoji yo'lida samarali ish olib boryapsiz. Islom Abdug'anievich sizni hurmat qilardi. Bugungi kunda mamlakatimiz rahbari SHavkat Miromonovich marhum prezidentimizning xotirasini abadiylashtirishga katta etibor qaratmoqda", - dedi Tatyana Karimova.

Uchrashuv yakunida Tatyana Akbarovna mehmonlarga esdalik sovg'asini, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidentining xayot yo'li va faoliyatiga bag'ishlangan ajoyib kitobni tuhfa etdi. Tomonlar ushbu kitobni tomosha qilishar ekan, Islom Karimov bilan bog'liq yorqin xotiralarni yodga olishdi.

SHuning bilan Osiyo Olimpiya Kengashi va Milliy Olimpiya qo'mitalari Associaciyasi Prezidentining mamlakatimizga amalga oshirgan tashrifi nihoyasiga etdi. Bugun SHayh Ahmad al-Fahad al-Sabax Toshkentdan Tehronga jo'nab ketadi.  


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing