14 okt 11:53
Yangiliklar
Tennis

Shenzhen 4. Sultonov o'zidan deyarli 400 pog'ona quyidagi tennischiga yutqazdi
Xitoyning SHenjen shahrida tennis bo'yicha "CHellenjer" turkumiga kiruvchi turnirning asosiy to'r bahslari boshlandi.
Challenger 75 toifasiga kiruvchi turnirning mukofot jamg'armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. Mamlakatimizning birinchi raketkasi Humoyun Sultonov ilk davrada xitoylik Mo Yesongga deyarli qarshiliksiz yutqazdi - 1/6, 2/6. Mo asosiy to'r bahlariga saralash orqali etib kelgandi.
Taqqoslash uchun, xitoylik tennischi ATP reytingida 769, Sultonov esa 397-pog'onadan joy olgan. Mo uchrashuv davomida 7 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Humoyun esa bitta ham eys zarbasini ijro eta olmadi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar