24 dek 12:20
Yangiliklar
Boks/MMA

SHevchenko Justino - Nunes tarixiy jangi uchun taxmin qildi
Engil vazn toifasida UFC chempioni Valentina SHevchenko ikki vazn chempionlari o'rtasida o'tkaziladigan jangning qanday natija bilan yakunlanishiga o'z taxminini bildirdi.
30 dekabr kuni o'tkaziluvchi ushbu birlashtiruvchi chempionlik jangida Kristian Justino va Amanda Nunes o'zaro oktagonda to'qnash kelishadi. G'olib sportchi ikki vazn toifasida UFC chempioni bo'lgan ilk ayol-jangchiga aylanadi.
“Kristian bu jangni hakamlar qo'yadigan bahoga olib bormaydi. Jang muddatidan avval Justinoning g'alabasi bilan yakunlanadi. Men Amanda bilan jang o'tkazganman va uning imkoniyatlarini yaxshi bilaman”, - dedi UFC chempioni qirg'izistonlik Valentina SHevchenko.
Havola :
Fikrlar