29 may 13:21
Yangiliklar
Boks/MMA
SHifokorlar Mayk Taysonga ruxsat berishadimi?
Xabaringiz bor, Mayk Tayson Mayamidan Los-Anjeles shahriga uchayotganda o'zini yomon his qilgan va buning natijasida zudlik bilan tez yordam mashinasida kasalxonaga olib ketilgandi.
Bokschining jamoadoshlaridan biri TASS nashriga bergan xabariga ko'ra, shifokorlar Taysonga jang o'tkazish uchun ruxsat berishgan.
"Maykning jangda qatnashishiga shifokorlar tomonidan ruxsat berildi. Jang tashkil etilishiga hech qanday xavf-xatar yo'q", - dedi Taysonning jamoadoshi.
Eslatib o'tamiz, jang 21 iyul kuni Texas shtatida o'tkaziladi.
Havola :
Manba : ТАСС
Fikrlar