18 noy 14:35
Yangiliklar
Boks/MMA
SHifoxonaga tushib qolgan Valuev vaziyatga oydinlik kiritdi
Superog'ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Nikolay Valuev shifoxonaga tushib qolgandi.
Rossiyalik 49 yoshli deputat o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalariga vaziyatga oydinlik kiritib maqsadida post joyladi. Avvalroq uning Moskvadagi gospitallarning biriga joylashtirilgani haqida xabar berilgandi.
"Sog'lig'im haqida qayg'urib, shifo tilaganlarning katta rahmat. Hammasi joyida. Ishlayapmiz. Ertaga "Birinchi kanal"da boks kechasini sharhlashim kerak. "Birinchi"da ko'rishguncha", — deya barchani tinchlantirgan Valuev.
Eslatib o'tamiz, hamyurtimiz Ruslan CHagaev gavda jihatidan o'ziga deyarli ikkita keladigan Nikolay Valuevni mag'lubiyatga uchratib, WBA chempionlik kamarini qo'lga kiritgan edi. Ushbu kamar 2005-2007, 2008-2009 yillarda aynan Valuevga tegishli bo'lgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar