13 dek 18:57
Yangiliklar
Boks/MMA

SHlemenkoning UFC o'tish shartlari malum qilindi
Sobiq Bellator chempioni Aleksandr SHlemenko UFC bilan uzoq kutilgan shartnomani izmolashi mumkin.
Buning uchun sportchi o'zining Eagle FC turniridagi keyingi jangini g'alaba bilan yakunlashi kerak. Bu haqida Eagle FC prezidenti SHamil Zavurov malum qildi. Eslatib o'tamiz, Aleksandr SHlemenko katta ehtimol bilan keyingi jangini Odil Zavurovga qarshi o'tkazadi.
"Xabib aytdiki, agar SHlemenko keyingi jangida g'alaba qozonsa, u holda UFC bilan shartnoma imzolaydi. O'ylashimcha, bu shart Faridunga ham tegishli. Agar u ham g'alaba qozonsa UFC'da jang qiladi. Ulardan biri UFC bilan shartnoma imzolasa ajoyib ish bo'lar edi.
Faridun Odilovning raqibi 99% ga Aleksandr SHlemenko bo'ladi", -deydi SHamil Zavurov.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar