04 may 18:40
Yangiliklar
Boks/MMA
SHodiyor nimchorak finalda qozog'istonlik Sanjar Tashkenbay bilan jang qiladi
Boks mundialining to'rtinchi kuni davom etmoqda.
Biroz avval -48 kg vazn toifasidagi saralash janglariga start berildi.
O'zbekiston terma jamoasi azosi SHodiyorjon Meliqo'ziev ham bugun ringga ko'tarildi. Unga nepallik Rabin Tapa raqiblik qildi. Mazkur jangda o'zbekistonlik bokschi hakamlarning yakdil qarori (5:0) bilan g'olib bo'ldi.
Nimchorak finalga yo'l olgan bokschimiz endilikda qozog'istonlik Sanjar Tashkenbay bilan jang qiladi. Mazkur to'qnashuv 8 may kuni bo'lib o'tadi.
Malumot uchun, Tashkenbay -48 kg vaznning oltinchi raqamli bokschisi sifatida tasniflangan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar