05 apr 18:02
Yangiliklar
Boks/MMA
SHohasan Mirzamatov muxlislarga murojaat bilan chiqdi (VIDEO)
Yarim o'rta vazn toifasida jang qiluvchi o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi, Octagon League kamari uchun bir necha bor davogarlik qilgan SHohasan Mirzamatov muxlislarga xabar yo'lladi.
"Hammaga assalomu alaykum. Barcha qo'llab-quvvatlaganlarga rahmat. Afsuski, jarohatim tufayli jangimiz bekor qilindi. Tez orada, revansh olib, albatta yana kuchli bo'lib qaytamiz", deya quyidagi videoda jarohatini ko'rsatgan Mirzamatov.
Eslatib o'tamiz, SHohasan 2 aprel kuni Octagon 85 turniri markaziy jangida qozog'istonlik Bogdan Pshebelskiyga qarshi titul bahsida qatnashib, jarohat olgandi va jang o'tkazilmagan deb topilgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar