16 mar 12:51
Yangiliklar
SHohasan Mirzamatov Toshkentdagi chempionlik jangi oldidan raqibiga maslahat berdi
Oqshomning markaziy jangida hamyurtimiz SHohasan Mirzamatov Liganing yarim o'rta vazn toifasidagi qozog'istonlik chempioni Bogdan Pshebelskiyga qarshi bahs olib boradi. Mirzamatov jang oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men chempionlik jangiga uzoq yo'l bosib keldim. Hayotimdagi turli vaziyatlar bu jangga etib kelishimga to'sqinlik qildi. Ayrimlar divizionda kimdandir qo'rqadi deb o'ylashadi, lekin men jangda hech qachon qo'rquvni his qilmaganman. Bogdan qo'llarini balandroq ushlagani maqul, chunki uning yirik boshiga zarba bermaslik qiyin bo'ladi. Jang uzoq davom etmaydi. Amaldagi chempion Toshkentda "uxlab" qoladi va men yangi kamarni o'zbek xalqiga sovg'a qilaman", dedi Mirzamatov.

Fikrlar