08 avg 14:01
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev bilan hamkorlik qilayotgan sportchi MMAda navbatdagi jangini o'tkazadi
Bu haqida SHohjahon Ergashev saytimizga xabar qildi.
Unga ko'ra, 1998 yilda tavallud topgan Temur Saidov 15 avgust kuni Moskva shahrida o'tkaziladigan MMA turnirida oktagonga chiqadi.
O'sha kuni hamyurtimizga qirg'izistonlik Kanbolot Aytibay uulu raqiblik qiladi.
O'z mashg'ulotlarini "Shohjahon_Gym"da o'tkazadigan Saidov bungacha debyutini rossiyalik Igor Buninga qarshi nishonlagan va g'alabaga erishgan.
Oldindagi jangda biz hamyurtimizga g'alaba tilab qolamiz.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar