15 noy 22:23
Yangiliklar
Boks/MMA

SHohjahon Ergashev ishtirokidagi jang O'zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi
Ertaga professional bokschimiz SHohjahon Ergashev faoliyatidagi navbatdagi jangini o'tkazadi.
Rossiya Federaciyasida tashkil etiladigan bahsda bokschimiz belaruslik Dimitriy Miliushaga qarshi ringga ko'tariladi.
"Sport TV" vakillarining malum qilishicha, ushbu jang "Sport TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan taxminan 23:30 dan so'ng boshlanadi.
P.S. Ushbu jang oqshomi bizning vaqt bilan soat 21:00da boshlanadi. Janglar "Match Boec" telekanali orqali ham namoyish etiladi. SHohjahon Ergashevning jang vaqti esa taxminan ko'rsatilgan. Aniq boshlanish vaqti undan oldin o'tkaziladigan janglarning qanchalik tez yoki uzoq davom etishiga bog'liq.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar